Maqola XIX asr oxiri - XX asr boshidagi o‘zbek va italyan adabiyotida gender kommunikatsiyasini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Abdulla Qodiriy («O‘tkan kunlar»), Cho‘lpon («Kecha va kunduz»), Luiđi Kapuana («Giacinta») va Matilde Serao («Dopo l’amore») asarlari misolida erkak va ayol qahramonlarning nutqiy xatti-harakatlari
o‘rganiladi. Tadqiqotning nazariy asosi sifatida gender konsepti – matnning dinamik va badiiy jihatdan muhim elementi tushuniladi. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek adabiyotida ayol nutqi ko‘proq bilvosita shakl va ramziy ko‘pma’nolilikka moyil bo‘lsa, italyan adabiyotida u ifodaviylik, ochiq norozilik va tenglikka intilish bilan ajralib turadi. Har ikki holatda ham gender kommunikatsiyasi ijtimoiy tafovutlarni aks ettirish vositasigina emas, balki yozuvchilarga davr mojarosini anglash va madaniy o‘zgarishlar dinamikasini ifodalash imkonini beruvchi muhim badiiy usulga aylanadi.
Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.
Asl manbada ochish