TARJIMA JARAYONIDA MADANIYATLARARO KOMPETENSIYANING AHAMIYATI

G‘ofurova Muxlisa Toxir qizi
Annotatsiya:

Mazkur maqolada tarjima jarayonida madaniyatlararo kompetensiyaning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Unda tarjimonning faqat til bilimiga emas, balki turli xalqlarning madaniy qadriyatlari, urf-odatlari, ijtimoiy va psixologik tafakkurini to‘g‘ri anglashga qaratilgan kompetensiyasi yoritilgan. Tarjima jarayonida madaniy tafovutlarning to‘g‘ri talqin qilinmasligi mazmuniy xatolarga olib kelishi, shuning uchun madaniyatlararo sezgirlik tarjimon faoliyatining ajralmas qismi ekani ta’kidlanadi. Shuningdek, italyan va o‘zbek tillari misolida ayrim madaniy birliklarning ekvivalentini topishdagi qiyinchiliklar va ularni yengish strategiyalari amaliy tahlil asosida ko‘rsatib berilgan.

Maqolaning to'liq matni

Ushbu maqola tashqi manbada joylashgan

Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.

Asl manbada ochish