Tarjima tillar orasidagi vositachilikka yo’naltirilgan o’ziga xos adabiy faoliyat, ya’ni tillarning rang-baranlik xususiyati asosida paydo bo’ladigan madaniyatlararo muloqotdagi qiyinchiliklarni yengib o’tish jarayonidir. Tarjima faoliyati shu qadar serqirraki, usiz hayotimizning biron jabhasini ham tasavvur qila olmaymiz. Ushbu maqolada, tarjimashunoslikning bugun jadal rivojlanib borayotgan davrda qanday muammolarga duch kelayotgani tahlil qilinadi. Turli tillarga matnlarni tarjima qilishda uchraydigan qiyinchiliklar, ularni hal etish usullari ko’rib chiqiladi. Shuningdek, tarjimashunoslikda lingvistik yondashuvning ahamiyati hamda tarjima jarayonini takomillashtirish yo’llari yoritiladi. Maqola tarjima amaliyotini yanada samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.
Asl manbada ochish