Ushbu maqola nemis tilidagi matnlarni tarjima qilish va o‘rganishda raqamli texnologiyalar (CAT, MT/NMT, LLM, MALL/TELL)ning ilmiy asoslangan rolini tahlil qiladi. Adabiyotlar sharhi va konseptual-analitik metod asosida, kompyuter yordamida tarjima (CAT) tizimlari, neyron mashina tarjimasi (NMT), katta til modellari (LLM) hamda mobil-assisted va texnologiya-kuchaytirilgan til o‘qitish (MALL/TELL) yondashuvlarining afzalliklari va cheklovlari strukturaviy tarzda ko‘rib chiqiladi. Maqola nemis tiliga xos morfosintaktik murakkabliklar (artikllar, kelishiklar, fe’l pozitsiyasi/konjugatsiyasi)ni boshqarishda terminologiya va tarjima xotirasi integratsiyasining ahamiyatini, avtomatik tizimlarda kontekst va madaniy pragmatika cheklovlarini, ma’lumotlar xavfsizligi hamda pedagogik dizayn talablarini asoslaydi. Yakunda o‘qituvchi-markazli hibrid model, korpusga tayangan termin boshqaruvi, post-tahrir standartlari va axloqiy-huquqiy me’yorlarga mos qo‘llash bo‘yicha aniq tavsiyalar beriladi.
Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.
Asl manbada ochish