Ushbu maqolada asosan ot so‘z turkumiga e’tibor qaratilib, italyan va
o‘zbek tillari o‘rtasida qiyosiy tahlil amalga oshiriladi. Maqolada ikki tilning ot kategoriyalari, ularning shakllari hamda turlari o‘rganilib, grammatik jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, otlarning leksik-semantik o‘xshash va farqli jihatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida tilshunoslik nazariy bilimlari hamda amaliy metodlardan foydalanilgan bo‘lib, tahlil qiyosiy-deskriptiv yondashuv asosida olib boriladi. Olingan natijalar tilshunoslik nazariy ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash, shuningdek, ikki tilni o‘rganayotganlar uchun materialni osonroq o‘zlashtirish va tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy izlanishlar natijasida yangi tillarni ona tili bilan qiyoslash orqali samarali metodlarni aniqlash mumkin. Tillararo qiyosiy tahlil tillar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib berishi yoki mutlaqo yangi ma’no farqlarini yuzaga chiqarishi mumkin. Tadqiqotda otlarning shakllanishiga madaniy omillarning ta’siri hamda ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Maqola italyan va o‘zbek tillaridagi ot so‘z turkumi o‘rtasidagi o‘xshashlik va tafovutlarni aniqlashda tilshunoslik va pragmatika sohasidagi ilmiy manbalarga asoslanadi. Tadqiqot metodlari sifatida analitik hamda qiyosiy tahlil usullari qo‘llaniladi. Ushbu ish tilshunoslar, tarjimonlar va til tadqiqotchilari uchun foydali manba bo‘lishi mumkin.
Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.
Asl manbada ochish