Mazkur maqolada ingliz va o‘zbek tillarida temir yo‘l terminologiyasida uchraydigan sinonimiya hodisasi struktur-semantik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida
ingliz va o‘zbek tillaridagi temir yo‘l terminlarining sinonimik qatorlari, ularning turlari, shakllanish modellari va qo‘llanish chastotasi aniqlangan. Tadqiqot natijasida terminologik tizimda mutlaq va shartli sinonimlarning mavjudligi, ularning hosil bo‘lish manbalari, milliy va xalqaro elementlar ishtirokida yuzaga kelishi, hamda Britaniya va Amerika ingliz tilidagi sinonimik terminlarning farqlari ilmiy asosda yoritilgan. Maqola so‘ngida har ikki tilda sinonimlarning miqdoriy ko‘rsatkichlari foizlarda keltirilgan.
Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.
Asl manbada ochish