Maqolada Oliy ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘rgatishda multimedia vositalarining ta’lim jarayonida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritiladi. Hozirgi vaqtda
xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur maqolada multimedia vositalari - audio, video, grafika, animatsiya va interaktiv platformalarni o‘z ichiga olgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanish haqida ham tushuncha berilgan. Xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirishda darsliklar bilan bir qatorda multimedia vositalaridan foydalanish samarali natijaga olib kelishi bilan birga o‘qituvchilarga darslarni qiziqarli o‘tkazish imkoniyatini ham beradi. Ta’limda multimedia vositalari orqali xorijiy tillarni o‘rgatish tilning amaliy qo‘llanilishini ko‘rish va eshitish imkoniyatlaridan foydalanish talabalarni tilni mustaqil o‘rganishga, talaffuzlarni
yaxshilashga, tilni interaktiv ravishda o‘rganishga jalb etish bilan birga, ularni tilga bo‘lgan qiziqishini oshirishga ham yordam beradi. Shu bilan birga, ushbu maqolada xorijiy tillarni o‘rganish va o‘zlashtirishda multimedia vositalarining ishlatilishidagi kamchiliklar, texnik va metodik muammolar ham tahlil qilingan. Maqolada tilni o‘rganishda multimedia vositalaridan unumli va to‘g‘ri foydalanish hozirgi vaqtda xorijiy tillarni o‘rganishga qaratilgan dolzarb masala ekani ta’kidlanadi.
Maqolani to'liq o'qish uchun asl manba sahifasiga o'ting.
Asl manbada ochish