Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishda zamonaviy metodlar (masalan,
kommunikativ yondashuv, vazifa-asosidagi til o‘qitish, texnologik integratsiya, aralash (blended) ta’lim va o‘quvchi markazli metodlar) ning ta’lim samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Maqolada metodlarning nazariy asoslari, amaliy qo‘llanilishi, shuningdek, ularning samaradorligini oshirish imkoniyatlari va cheklovlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, metodlar to‘g‘ri qo‘llansa, o‘quvchilarning til kompetensiyasi, motivatsiyasi va faoliyati sezilarli darajada oshishi mumkin. Maqola ta’lim muassasalari va metodologik ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni tatbiq etish yuzasidan tavsiyalarni ham o‘z ichiga oladi